22:06 / 21.02.2020
3 145

235 ming dollarni «uxlatgan» firibgarlar qo‘lga olindi

235 ming dollarni «uxlatgan» firibgarlar qo‘lga olindi
Foto: IIBB matbuot xizmati
Yakkasaroy tumanida 2019 yilning aprel oyida 55 yoshli Ayubxon A., 34 yoshli Akram A., 34 yoshli Mirlaziz M. va 50 yoshli Habibullo R. 35 yoshli Nuriddin M.ga birgalikda yog‘ ishlab chiqarish bo‘yicha ish yuritishni va’da qilgan.

Toshkent shahr IIBB matbuot xizmati xabar berishicha, Turkiyadan arzon narxda texnika xarid qilish uchun ular Nuriddindan 235 000 AQSH dollari olgan. Ammo va’dalarida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Ushbu fakt asosida Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Sud tomonidan garov ko‘rinishidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

«Hurmatli hamshaharlar va shahrimiz mehmonlari! Sizga masalangizni hal qilishni va’da qilgan odamlarga notarius orqali rasmiylashtirmasdan turib pullaringizni berishga shoshilmang» , — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 235 ming dollarni «uxlatgan» firibgarlar qo‘lga olindi