11:30 / 22.02.2020
3 143

Zoyir Mirzayevga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Zoyir Mirzayevga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Dolli Allayev viloyat hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi.

Dolli Allayev
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Dolli Hakimovich Allayev viloyat hokimining o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

D. Allayev bunga qadar Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2020 yil 18 fevraldagi farmoni asosida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi.
Vazirlikning joylardagi boshqarmalariga yuklatilgan asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlaridan biri – jamiyatda «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyilining to‘laqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama ko‘maklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorligini o‘rnatishdan iboratdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zoyir Mirzayevga yangi o‘rinbosar tayinlandi