15:21 / 22.02.2020
3 348

Ekspert javobi: Nega erkaklar va ayollar bir xil yoshda pensiyaga chiqishmaydi?

Ekspert javobi: Nega erkaklar va ayollar bir xil yoshda pensiyaga chiqishmaydi?
Foto: «Aif.ru»
Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti (VNII) mehnat masalalari mutaxassislari Rossiyada (nazarimizda bu biz uchun ham to‘g‘ri keladi — tahr.) keksayganda erkaklar va ayollarning pensiyaga chiqish yoshidagi farq nimaga asoslanganini tushuntirib berishdi. Bu haqda RT'ga tayanib "Xabar" nashri yozmoqda.

Demak, ekspertlarga ko‘ra, ayollar 55 yoshda, erkaklar 60 yoshda pensiyaga chiqishlari 1930-yillarda belgilab qo‘yilgan bo‘lib, organizm imkoniyatlari bo‘yicha tadqiqotlarga asoslanilgan.

«O‘sha davrdagi o‘rganishlarda oldingidek mehnat faoliyatini davom ettirish qobiliyatini aksariyat ayollar 55 yoshida, erkaklar 60 yoshida yo‘qotishi ma’lum bo‘lgan», — deya ta’kidlashmoqda rossiyalik ekspertlar.

Faqat bu emas. Mutaxassislarning aniqlik kiritishlaricha, pensiyaga chiqishda yoshga oid tafovutni belgilashda ayolning bola tarbiyasidagi alohida roli ham inobatga olingan, qolaversa, ro‘zg‘or, uy yumushlari ham asosan ularning zimmasidaligi kundek haqiqat.

Darvoqe, O‘zbekistonda pensiya yoshi oshirilishi kutilyapti. Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi vakillari tomonidan ma’lum qilinishicha, 2020 yil 1 aprel sanasigacha hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ekspert javobi: Nega erkaklar va ayollar bir xil yoshda pensiyaga chiqishmaydi?