20:50 / 22.02.2020
2 600

MIB Qo‘ngirotda noqonuniy ulanishni fosh qildi

MIB Qo‘ngirotda noqonuniy ulanishni fosh qildi
Majburiy ijro byurosi Qo‘ng‘irot tumani bo‘limining tezkor xodimlari tomonidan tuman hududidagi ovul fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazilgan o‘rganish tadbirlari natijasida noqonuniy ulanish fosh qilindi.

Xususan, bo‘lim xodimlari tomonidan “Berdaq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida energiya resurslaridan foydalanishning qonuniyligi holati o‘rganilganda, ushbu hududda yashovchi fuqaro Jangabayev o‘zining yashash xonadonida umumiy foydalanishdagi gaz quvuriga yashirin ravishda noqonuniy ulanib foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning 101-moddasi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, olib borilgan surishtiruv jarayonida huquqbuzar tomonidan ta’minotchi korxona manfaatlariga 10 mln. 200 ming so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Surishtiruv davrida, huquqbuzar J.K. o‘z qilmishidan afsusdaligini bildirib, ta’minotchi korxonaga keltirgan zararni to‘liq qoplab berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Qo‘ngirotda noqonuniy ulanishni fosh qildi