12:47 / 23.02.2020
3 721

Toshkentda 11 yoshli o‘g‘il va 8 yoshli qiz piyonista ota-onasidan qochib ketdi

Toshkentda 11 yoshli o‘g‘il va 8 yoshli qiz piyonista ota-onasidan qochib ketdi
Toshkentda 11 yoshli o‘g‘il va 8 yoshli qiz piyonista ota-onasidan qasddan qochib ketdi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Xabar berishlaricha, 16 fevral kuni soat 04:25 da Mirobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi navbatchilik qismiga ikki nafar voyaga yetmagan bolalarning otasi 36 yoshli Ye.A. murojaat qilgan.

U 15 fevral kuni soat taxminan 08:00 da 11 yoshli o‘g‘li va 8 yoshli qizi uydan chiqib ketib, noma’lum tomonga yo‘l olgani va uyga qaytib kelmaganini ma’lum qilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida bolalar post-patrul xizmati xodimlari tomonidan topilib, uyiga qaytarilgan.

«Ammo keyinchalik bolalar uydan qasddan qochib, spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan ota-onasidan qo‘shni uyning tomida yashirinishi ma’lum bo‘ldi», — deyiladi Toshkent shahar IIBB axborotida. Ushbu holat bo‘yicha tekshiruv olib borilib, qo‘shnilarning fikrlari o‘rganilgan.

Qayd etishlaricha, hozirda Ye.A. va uning turmush o‘rtog‘ining ota-onalik huquqini cheklash masalasini hal qilish bo‘yicha hujjatlar to‘plami tayyorlanmoqda. Bolalar esa sud qarori chiqqunicha IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam markaziga joylashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 11 yoshli o‘g‘il va 8 yoshli qiz piyonista ota-onasidan qochib ketdi