12:30 / 25.02.2020
4 043

«O‘zbekiston temir yo‘llari» Navro‘z bayrami munosabati bilan chegirmalar e’lon qildi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» Navro‘z bayrami munosabati bilan chegirmalar e’lon qildi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati joriy yilning 21-23 mart kunlari nishonlanadigan Navro‘z bayrami munosabati bilan mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlar chiptalari uchun mavjud tariflarga chegirmalar e’lon qildi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabar berdi.

Chegirmalar nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolar uchun 50% chegirma taqdim etiladi.

Oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta’lim muassasalari talabalari, shuningdek oilaviy nikox guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda, hamkasablarga (4 kishidan ortiq - yo‘riqnoma asosida) 15 % chegirma, «Afrosiyob» elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga – 10% taqdim etiladi.

IZOH: Yuqorida qayd etilgan chegirmalar faqat temir yo‘l kassalarida rasmiylashtiriladi. Ammo, ushbu chegirmalar elektron chiptalarni rasmiylashtirishda taqdim etilmaydi, chunki bu jarayon texnik jihatdan mavjud emas (mutaxassislar ushbu funksiyani takomillashtirish borasida ishlashmoqda).

Chegirmalar bo‘yicha boshqa qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami yoki joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zbekiston temir yo‘llari» Navro‘z bayrami munosabati bilan chegirmalar e’lon qildi