15:10 / 25.02.2020
3 268

Buxoro viloyat davlat soliq boshqarmasi “Million daraxt o‘tqazish” aksiyasida faol qatnashmoqda

Buxoro viloyat davlat soliq boshqarmasi “Million daraxt o‘tqazish” aksiyasida faol qatnashmoqda
Joriy yilning 15 fevralidan boshlangan “Million daraxt o‘tqazish” aksiyasi doirasida Buxoro viloyatida keng qamrovli ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu tadbirda Buxoro viloyat davlat soliq boshqarmasi jamoasi ham faol ishtirok etib, bugun Buxoro shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi “Favvoralar” maydoni atroflariga 4 xil turdagi 300 tupdan ortiq mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlarini ekib hududni yanada ko‘kalamzorlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Mazkur aksiya joriy yilning 15 martigacha davom etadi. Shundan kelib chiqib barcha fuqarolarimiz o‘zlari yashab turgan hududni ko‘kalamzorlashtirish va shu orqali atrof-muhitni obodonlashtirishga befarq bo‘lmasdan ushbu loyihada faol ishtirok etsalar maqsadga muvofiq ish bo‘lardi.


Zero, ushbu loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad ham atrof-muhitni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish orqali fuqarolarimizga so‘lim tabiat og‘ushini shakllantishdir.

Buxoro viloyati DSB
Axborot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoro viloyat davlat soliq boshqarmasi “Million daraxt o‘tqazish” aksiyasida faol qatnashmoqda