06:58 / 26.02.2020
4 876

Jizzaxda kilogrami 8 ming yevro turadigan za’faron plantatsiyalari barpo etiladi

Jizzaxda kilogrami 8 ming yevro turadigan za’faron plantatsiyalari barpo etiladi
Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Italiyaning OPERA SRL shirkati za’faron plantatsiyalarini yaratmoqchi. Bu haqda shirkat prezidenti Paolo de Anjelis O‘zbekistan savdo-sanoat palatasi raisi A. Ikramov bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Italiyalik tadbirkor taqdim etgan loyihaning dastlabki qiymati 20 million dollarni tashkil etib, u 400 gektar yerda za’faron o‘simligini yetishtirishga mo‘ljallangan.
Za’faron gulsafsarlar turkumining Crocus navi Crocus sativus L turi takribiga kiradi.

Dunyo bo‘ylab Crocus‘ning deyarli 85 turi tarqalgan, lekin Crocus sativus L Hindiston, Gretsiya, Ispaniya, Italiya, Afg‘oniston, Ozarbayjon va O‘zbekistonda, shuningdek 90 foizi Eronda yetishtiriladi.

Za’faron bugungi kunda farmatsevtika va parfyumeriya sohalarida haridorgir. 1 kilogramm za’faronning xalqaro bozorda narxi 8 mingdan 30 ming yevrogacha turadi. Albatta sifatidan kelib chiqib, deb xabar beradi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda kilogrami 8 ming yevro turadigan za’faron plantatsiyalari barpo etiladi