15:00 / 26.02.2020
3 724

Andijondagi o‘quvchilarning jarima to‘lashi va ustozining yelkasini uqalashi haqidagi videoga munosabat bildirildi

Andijondagi o‘quvchilarning  jarima to‘lashi va ustozining yelkasini uqalashi haqidagi videoga munosabat bildirildi
Skrinshot: Telegram
Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi «Kechga qolgan o‘quvchidan 2 ming so‘m, darsga kelmaganlardan 10 ming so‘m jarima puli undirilar ekan» deya tarqalgan videoga munosabat bildirdi.

Xabarga ko‘ra, Andijon shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabidagi holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining nazorat-huquqiy xizmati hamda Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasi Ishchi guruhi tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. O‘rganish natijasi bo‘yicha tasvirdagi holat yuzasidan umumta’lim maktabining o‘qituvchisi H.M.ga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rildi. O‘rganish ishlari davom etmoqda. Yakuniy xulosalar bo‘yicha yana qo‘shimcha axborot taqdim etiladi, deyiladi xabarda.

«Muxbir Daliyev» Telegram-kanalidagi videoda darsga kech qolgan o‘quvchidan 2 ming so‘m, umuman kelmagan boladan 10 ming so‘m jarima undirilishi va o‘qituvchining yelkasini uqalashga majbur qilinishi aks etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijondagi o‘quvchilarning jarima to‘lashi va ustozining yelkasini uqalashi haqidagi videoga munosabat bildirildi