09:30 / 27.02.2020
4 141

Yosh qizni Tailandga fohishalikka sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Yosh qizni Tailandga fohishalikka sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi
Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Oqdaryo tumani Dahbed shaharchasida yashovchi, 1963 y.t. A.Yu. ismli ayol Qo‘shrabot tumani «Mingtepa» mahallasida yashovchi, 1996 y.t. A.J.ni Tailandga yuborish va undan fohishalikda foydalanish uchun A.A. ismli ayoldan 1.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.Yu.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yosh qizni Tailandga fohishalikka sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi