09:41 / 27.02.2020
3 100

Sigaretmi yoki giyohvandlik vositasi?

Sigaretmi yoki giyohvandlik vositasi?
Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik vositalarini yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona posti orqali mamlakatimizga kirib kelgan xorij fuqarosi O.F. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, fuqaro O.F ning yonida sigaret qutisi borligi ma’lum bo‘ldi. Biroq, boshqa nomdagi sigaret qutisida o‘zga markadagi sigaret donasining bo‘lishi bojxonachilar e’tiborini tortdi. Mazkur sigaret donasi tekshirib ko‘rilganda, uning ichida 1,21 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi mavjudligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sigaretmi yoki giyohvandlik vositasi?