11:40 / 27.02.2020
3 021

Sayyor sudda qarzdorlar otalarga ham choralar ko‘rildi

Sayyor sudda qarzdorlar otalarga ham choralar ko‘rildi
Joriy yilning 21 fevral kuni Majburiy ijro byurosi Mirobod tuman bo‘limi xamda tumanning Ma’muriy sudi ishtirokida aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamayotgan qarzdorlar yuzasidan “Sayyor sud” majlisi o‘tkazildi.

Ushbu “Sayyor sud” majlisida fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 19.10.2015 yildagi, qarzdor Z.Kurbanovdan undiruvchi E.Qurbonova foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandining ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdor davlat ijrochisi tomonidan bir necha bor ogoxlantirilishiga qaramasdan aliment pullarini to‘lamay kelganligi sababli qarzdorning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi 50 oyga 35.913.652 so‘mni tashkil etgan bo‘lib qarzdorga sud jarayonida Mirobod tuman Ma’muriy sud sudyasining qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Qodeksining 474-moddasiga asosan 15 kunlik qamoq jazosi berildi va sud zalidan qamoqqa olindi.

Shuningdek fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining 2019 yil 18 yanvardagi, qarzdor A.Jaxongirov o‘g‘lidan undiruvchi U.Jumaboyeva qizi foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment xamda farzandi 3 yoshga to‘lgunga qadar xar oyda 250.000 so‘mdan nafaqa undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdor davlat ijrochisi tomonidan bir necha marotaba ogoxlantirilishiga qaramasdan aliment pullarini to‘lamay kelganligi sababli qarzdorning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi jami bo‘lib, 6.735.591 so‘mni tashkil etgan “Sayyor sud” majlisida Mirobod tuman Ma’muriy sud sudyasining qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Qodeksining 474-moddasiga asosan qarzdorga 15 kunlik qamoq jazosi berildi va sud zalidan qamoqqa olindi.

Shu bilan bir vaqtda tadbir davomida byuro xodimlarining say xarakatlari natijasida bo‘lim ish yurituvida mavjud bo‘lgan Marg‘ilon tumanlararo sudining 11.06.2018 yildagi qarzdor M.Raximovdan, undiruvchi S.Raximova foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun xar oylik ish xaqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro xujjati yuzasidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ularning oilasi yarashtirildi endi ikki nafar farzandlar ota-onasi bag‘rida ulg‘ayadigan bo‘ldi.
Bundan tashqari aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha 2019 yil davomida 96 nafar oilalarni aynan bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan yarashtirilishiga erishilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sayyor sudda qarzdorlar otalarga ham choralar ko‘rildi