20:17 / 27.02.2020
3 258

Toshkentning Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi eski tramvay liniyasi o‘rnida metrobuslar yo‘lga qo‘yilmoqda

Toshkentning Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi eski tramvay liniyasi o‘rnida metrobuslar yo‘lga qo‘yilmoqda
Foto: The Urbanist
Toshkent shahridagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasini rekonstruksiya qilish doirasida eski tramvay liniyasi o‘rnida tezyurar avtobuslar qatnovini joriy etish rejalashtirilmoqda.

«Gazeta.uz»ning xabar berishicha, bu haqda poytaxt hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Davron Hidoyatov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

21 fevral kuni Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil Toshkent shahrida amalga oshiriladigan qurilish va ijtimoiy loyihalar bilan tanishuvi chog‘ida ushbu loyiha ham namoyish etilgan.

«Bu yerda avval tramvay liniyasi o‘tgan edi, bugungi kunda esa u demontaj qilingan. Uning o‘rniga hech qanday to‘siqlarsiz yuradigan tezyurar metrobuslarini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda», — deb ta’kidlagan hokim o‘rinbosari.

BRT (bus rapid transit — tezyurar avtobus) liniyasi Toshkent halqa yo‘lidan kichik halqa yo‘ligacha davom etishi kutilmoqda. Ushbu yo‘lning umumiy uzunligi 6,6 kilometrni tashkil etadi.

Xabarda aytilishicha, BRT liniyasini boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ishga tushirish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Ma’lumot uchun, bus rapid transit (tezryurar avtobus yoki metrobus) – an’anaviy avtobus yo‘nalishlaridan yuqori foydalanish samaradorligi (tezlik, ishonchlilik, yo‘lovchi tashish) bilan ajralib turadigan avtobus qatnovini tashkil etish usulidir.

Tezyurar avtobus tizimi ayrim ko‘rsatkichlari, xususan, tezligi bilan yengil relsli transport (tezyurar tramvay)ga o‘xshab ketadi. U an’anaviy jamoat transportidan qator jihatlari bilan farq qiladi. Uning trassasi ajratilgan yo‘lak (to‘liq yoki asosiy qismi)dan o‘tadi. Chorrahalarda bunday avtobuslar ustunlikka ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentning Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi eski tramvay liniyasi o‘rnida metrobuslar yo‘lga qo‘yilmoqda