06:00 / 28.02.2020
3 711

Bankning 1,46 mlrd so‘m kreditini naqdlashtirib, Malibu sotib olgan tadbirkorga qarshi ish ochildi

Bankning 1,46 mlrd so‘m kreditini naqdlashtirib, Malibu sotib olgan tadbirkorga qarshi ish ochildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tumani bo‘limi tomonidan kreditni naqdlashtirib, pulni boshqa maqsadlarga sarflab yuborgan tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

«O.G.» kompaniyasi rahbari A.R. 2019 yilda bank muassasasidan ajratilgan 1,46 milliard so‘m kredit mablag‘larini turli yo‘llar bilan naqdlashtirishga erishgan. U kredit qarzdorligini to‘lamay, talon-toroj qilgan.

«Shuningdek, ushbu mablag‘lar hisobidan Malibu hamda 92 million so‘mlik xo‘jalik va maishiy texnika vositalarini xarid qilib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirgan», — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Qayd etishlaricha, ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bankning 1,46 mlrd so‘m kreditini naqdlashtirib, Malibu sotib olgan tadbirkorga qarshi ish ochildi