14:30 / 28.02.2020
3 086

2 kunlik noqonuniy qilmish 36 mln. so‘mga tushdi

2 kunlik noqonuniy qilmish 36 mln. so‘mga tushdi
Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limi xodimlari O‘zbekiston tumani, Naymansoy qishlog‘ida joylashgan fuqaro Avazxon Pozilovga tegishli ohak ishlab chiqarish sexida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli Qarori ijrosi yuzasidan tekshirish o‘tkazishganida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotganligi aniqlandi.

Aniqlanishicha, fuqaro A.Pozilov atigi 2 kun oldin ohak ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ikki dona xumdonlarni ishga tushirgan va sinov tariqasida ikki kun davomida tabiiy gazdan hech qanday shartnomasiz noqonuniy foydalangan. Byuro xodimlari ayni shu kunlarda ohak sexiga tashrif buyurishgan.

Huquqbuzar A.Pozilov davlatga atigi 2 kun uchun 36 mln. so‘m yetkazilgan zararni to‘lashiga to‘g‘ri keldi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari jarayonida o‘z harakatlarining noqonuniy ekanligi mohiyatini yaxshi tushungan A.Pozilov yetkazilgan zararni to‘liq qoplab berdi va o‘zini o‘zi jinoiy javobgarlikdan qutqarib qoldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2 kunlik noqonuniy qilmish 36 mln. so‘mga tushdi