15:41 / 28.02.2020
4 259

Marg‘ilondagi noyob «ixtiro» fosh bo‘ldi

Marg‘ilondagi noyob «ixtiro» fosh bo‘ldi
Marg‘ilonlik iste’molchi elektr hisoblagichni to‘xtatib qo‘yadigan, biroq xonadonda elektr energiyasi o‘chmasdan bir maromda ishlashini ta’minlaydigan pult ixtiro qilganini tan olgan. Pultdan foydalanish davlatga va oila budjetiga 14 mln. 240 ming 924 so‘m zarar yetkazishga sabab bo‘lgan.

Majburiy ijro byurosining Marg‘ilon shahar bo‘limi davlat inspektori o‘z xizmat vazifalarini Marg‘ilon shahar, Rohat mahallasi, Bilim ko‘chasida olib borayotgan ushbu ko‘chada yashovchi iste’molchi G.X.ga tegishli pod’ezdga o‘rnatilgan elektr hisoblagich negadir ishlamayotganini aniqlagan.

Iste’molchi G.X. aniqlangan holatga e’tiroz bildira olmasdan o‘g‘li T.I.ni chaqirtirgan va shu vaqtda elektr hisoblagich tasodifan ishlab ketganligi davlat inspektorida shubha uyg‘otgan.

Byuroning Marg‘ilon shahar bo‘limi tezkor xodimlari vaziyatni o‘rganishganida, G.X. o‘g‘li T. I. elektr hisoblagichni to‘xtatib qo‘yadigan, biroq xonadonda elektr energiyasi o‘chmasdan bir maromda ishlashini ta’minlaydigan pult ixtiro qilganini tan olgan.

Noqonuniy qilmish davlatga va o‘z navbatida oila budjetiga ham 14 mln. 240 ming 924 so‘m zarar yetkazishiga sabab bo‘lgan.
Holat bo‘yicha hozirda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tergov qadar tekshiruv olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Marg‘ilondagi noyob «ixtiro» fosh bo‘ldi