19:52 / 28.02.2020
4 026

O‘zbekistonda 5 ta universitet qoshida Pedagogika institutlari tashkil etildi

O‘zbekistonda 5 ta universitet qoshida Pedagogika institutlari tashkil etildi
Shavkat Mirziyoyevning «Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan respublikadagi 5 ta universitet qoshida Pedagogika institutlari tashkil etildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, bu hududlarda pedagogik ta’lim infratuzilmasini yaxshilash, ta’lim sohasi uchun mutaxassis tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, ular quyidagilar:

1. Samarqand davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Samarqand davlat universitetining Pedagogika instituti;

2. Andijon davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti;

3. Buxoro davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti;

4. Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali va Termiz davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti;

5. Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali va Qarshi davlat universiteti pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 5 ta universitet qoshida Pedagogika institutlari tashkil etildi