15:27 / 29.02.2020
2 743

«Farzand tug‘ilishi» elektron xizmatini joriy etish rejalashtirilmoqda

«Farzand tug‘ilishi» elektron xizmatini joriy etish rejalashtirilmoqda
Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan homilador ayollarni elektron hisobga olish va "Farzand tug‘ilishi" kompleks xizmatini joriy etish to‘g‘risidagi prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Elektron hukumat doirasida aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish va uzoq davom etadigan, bir necha marotaba davlat muassasalariga murojaat qilishni talab qiladigan jarayonlarini qisqartirish maqsadida "Farzand tug‘ilishi" kompleks xizmatini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Hujjatga ko‘ra, "Farzand tug‘ilishi" davlat kompleks xizmati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- bolaning tug‘ilishini ro‘yxatga olish va tug‘ilganlik haqida elektron guvohnomani shakllantirish;
- bolaning elektron tibbiy kartasini yaratish;
- bola tug‘ilganda beriladigan nafaqani avtomatik tayinlash;
- davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun navbatga qo‘yish.

Loyihada homilador ayol homiladorlikning 12-haftasiga qadar pasport ma’lumotlari, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma va turmush o‘rtog‘ining pasporti (agar ayol nikohda bo‘lsa), shuningdek aloqa uchun o‘z ma’lumotlarni taqdim etgan holda ro‘yxatdan o‘tishi shart ekanligi ko‘zda tutilgan. Homilador ayol va uning turmush o‘rtog‘i to‘g‘risida ma’lumotlarni shakllantirish, shuningdek nikoh haqida ma’lumotni tasdiqlash idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda axborot tizimida amalga oshiriladi.

Farzand tug‘ilganidan so‘ng, Aholi reyestrida, uning hayoti davomida o‘zgarmaydigan shaxsiy identifikatsiya raqami generatsiya qilinadi va bolaga biriktiriladi. Avtomatik tarzda shakllantiriladigan bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasining qog‘ozdagi nusxasini bolaning ota-onasi tug‘ruqxonada, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki davlat xizmatlari markazlari orqali olishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning nusxasi va bola tug‘ilganda bir martalik nafaqa olish uchun beriladigan FHDYO organining ma’lumotnomasi talab etilishi bekor qilishi rejalashtirilmoqda.

Bir martalik to‘lovni avtomatik ravishda tayinlash, bola tug‘ilgan kundan boshlab 6 oydan kechiktirmay murojaat qilish sharti bilan amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, ushbu modelning joriy etilishi hududlar kesimida zarur vaksinalar xarid qilishni, maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim muassasalarini qurishni to‘g‘ri rejalashtirishga, markaziy ravishda bolalar tug‘ilishi haqidagi ma’lumotlarni avtomatik boshqarish imkonini beruvchi tizimli yondashuvni amalga oshirishga zamin yaratadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Farzand tug‘ilishi» elektron xizmatini joriy etish rejalashtirilmoqda