2 452
Xatirchida nasos va o‘g‘it o‘g‘irlaganlar qo‘lga olindi: ularning navbatdagi «mo‘ljali» qo‘y va g‘alla bo‘lgan
Illustrativ foto
2020 yilning 22 fevral kuni ertalabki soat 08:15da Navoiy viloyati Xatirchi tumani IIB navbatchilik qismiga tezkor chaqiruv kelib tushdi. Unga ko‘ra, «Xo‘jaqo‘rg‘on» MFYda yashovchi M.H.ning yashash xonadonidan qiymati 2 mln so‘mlik suv chiqarish agregati (nasos) o‘g‘irlab ketilgan ekan.
Navoiy viloyat IIB axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, bir guruh IIB xodimlari, jumladan, hudud profilaktika inspektori va uning jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari tomonidan tezkor profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, ushbu jinoyatni qilgan shaxslar aniqlanib, jinoyat ishi ochilgan.
Ushbu jinoyat 1998 yilda tug‘ilgan B.X. va 2004 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan T.X. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.
Shuningdek, tergov surishtiruvlar natijasida shu yilning 16 fevral kuni «Xo‘jaqo‘rg‘on» MFYda yashovchi fuqarolar F.D., S.R., B.X. hamda voyaga etmagan T.X. o‘zaro jinoiy til biriktirib, shu tumandagi «Miyonqol» MFYda yashovchi F.O. xonadonidan jami 950 ming so‘mlik fosforli o‘g‘itni o‘g‘irlab chiqib, sotmoqchi bo‘lib yurgan vaqtida — 23 fevral kuni daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.
Tergov-surishtiruv davomida aniqlanishicha, xuddi shu fuqarolar tomonidan oldindan jinoiy biriktirib, sherikchilik asosida hamqishlog‘i B.Sh. xonadonidan qo‘ylarini va shu mahalla hududida joylashgan «R.B.» fermer xo‘jaligi dala shiyponida joylashgan omborxonasidan g‘alla o‘g‘irlashni rejalashtirayotganligi aniqlanib, 2ta jinoyatning oldi olindi.
Ushbu jinoyatlarning aniqlanishi va ochilishida profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi Ch.Rajabovning faolligi muhim rol o‘ynagan. Ichki ishlar organlarida bunday lavozim tashkil etilganiga bir yil to‘lmasdan, joylarda jinoyatlarni ochish va ularni barvaqt oldi olinishida o‘z samarasini bermoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi