19:10 / 29.02.2020
3 532

O‘zbekistonda ikkita yangi kodeks ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda ikkita yangi kodeks ishlab chiqiladi
Foto: Facebook /@yoshlarittifoqi.uz
O‘zbekistonda Tadbirkorlik kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da aytilgan.

Qayd etilishicha, kodeks loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
- tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini to‘liq kodifikatsiya qilish, milliy iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishini hisobga olgan holda tadbirkorlik faoliyatini monopoliyaga qarshi tartibga solishni tubdan qayta ko‘rib chiqish;

- O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik erkinligini ta’minlaydigan huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlar va kafolatlar, tadbirkorlik sub’ektlari va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar munosabati bilan yuzaga keladigan jamoatchilik munosabatlarini tartibga solish;

- tadbirkorlik erkinligi, insonning iqtisodiy huquq va erkinliklari sohasidagi xalqaro standartlarni hisobga olgan holda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash;

- tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashganlik, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini cheklash yoki to‘xtatib turish, ularga zarar yetkazishga qaratilgan noqonuniy va asossiz harakatlar (harakatsizlik) sodir etganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish;

- tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini yanada himoya qilish masalalarida jamoatchilik nazorati mexanizmlarini joriy etishni ta’minlash.

Muddati - 2021 yil, mas’ul ijrochilar - Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Biznes ombudsman, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya kodeksi loyihasini ishlab chiqish mo‘ljallangan.

Unda:
- investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, investorlar huquqlari kafolatlari va investitsiyalarni, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni, investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni, yangi va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishlarni himoya qilish masalalarini tartibga soluvchi masalalar;

- O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiya loyihalarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish, xorijiy investorlar, bank va tijorat tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilash rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda ikkita yangi kodeks ishlab chiqiladi