08:00 / 01.03.2020
3 939

Piskentda marhumlarning pensiya pullarini «yeb yurgan» Xalq banki xodimlari fosh etildi

Piskentda marhumlarning pensiya pullarini «yeb yurgan» Xalq banki xodimlari fosh etildi
Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining Piskent tuman bo‘limi bosh inspektori Sh.M. Xalq bankining Piskent tuman filiali sayyor kassasi kassiri U.X. va boshqalar bilan oldindan til biriktirgan.

Ular har oyda pensiya pullari tarqatish uchun tuziladigan to‘lov qaydnomalariga vafot etganligi kiritilgan fuqarolarning pensiya pullarini davlat foydasiga qaytarmay, to‘lov qaydnomalariga vafot etgan 142 nafar fuqaro nomidan o‘zlari imzo qo‘ygan.

«Shu yo‘l bilan ular 85,8 million so‘m pensiya pullarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlandi», — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.
Qayd etishlaricha, holat yuzasidan Sh.M., U.X. va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Piskentda marhumlarning pensiya pullarini «yeb yurgan» Xalq banki xodimlari fosh etildi