11:50 / 01.03.2020
2 610

Uzbekistan Airways Yaponiya va Italiyaga parvozlarni ham to‘xtatmoqda

Uzbekistan Airways Yaponiya va Italiyaga parvozlarni ham to‘xtatmoqda
«Yaponiya va Italiyada koronavirus tarqalishi munosabati bilan O‘zbekiston hududida virus tarqalishining oldini olish maqsadida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020 yilning 1 martidan Tokio va Rimga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aviakompaniyaning barcha reyslarida yuqori xavfsizlik choralari joriy etilgani, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tuvchi shaxslar sanitariya-karantin tadbirlari va tibbiy-sanitariya nazoratlaridan o‘tkazilmoqda», deyiladi aviakompaniya matbuot xizmati xabarida.

Ma’lumot uchun, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 1 martdan Janubiy Koreyaga bo‘lgan qatnovlarni vaqtincha to‘xtatgan va ushbu mamlakatdagi fuqarolarini evakuatsiya qilishni boshlagan.

Shuningdek, 27 fevral kunidan Toshkentdan Jidda va Madinaga reyslar to‘xtatilgan, u yerdagi o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun reyslar tashkillashtirilishi rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uzbekistan Airways Yaponiya va Italiyaga parvozlarni ham to‘xtatmoqda