08:30 / 02.03.2020
8 088

Samarqandda shahar ko‘chasini yalang‘och kezgan yigitlarga qanday jazo beriladi? (video)

Samarqandda shahar ko‘chasini yalang‘och kezgan yigitlarga qanday jazo beriladi? (video)
Foto: Samarqand viloyat IIB axborot xizmati
Samarqand shahrining Sartepa massivida kechasi qip yalang‘och yurgan ikki yigit tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Viloyat IIB axborot xizmati voqea tafsilotlarini keltirib o‘tdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 29 fevral kuni soat taxminan 23:00lar atrofida Samarqand shahridagi Turkiston va Amir Temur ko‘chalari kesishmasida yalang‘och holda ko‘chada yurgan shaxslar haqida ichki ishlar organlariga ma’lumot kelib tushadi.

Samarqand shahar IIO FMB xodimlari tomonidan ushbu shaxslar ushlanib, navbatchilik qismiga olib kelingan va ularning shaxsiga aniqlik kiritishgan.

Shahar ko‘chasida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan yurib, mayda bezorilik sodir etgan shaxslar — Jomboy tumanida tug‘ilgan 44 yoshli J.N va 28 yoshli O‘.T. ekani aniqlangan.
Shuningdek, shu tumanda istiqomat qiluvchi 41 yoshli X.D. ularni o‘z avtomashinasiga mindirgan.

Ular bilan o‘tkazilgan suhbat davomida J.N. shu kuni hamqishlog‘i O‘.T. bilan me’yoridan ortiq spirtli ichimlik iste’mol qilgani va ko‘chada nima ish qilganligini o‘zlari ham anglamaganini aytgan. Shuningdek, ular garov o‘ynab bu ishni qilganini rad etishgan.

Ularni mashinasiga mindirgan haydovchi X.D.ning aytishicha, hamqishloqlari J.N. va O‘.T. soat 23:00 atrofida unga qo‘ng‘iroq qilib, Samarqand shahridan olib ketishini so‘ragan.

«Ularni olib ketish uchun Jomboydan Samarqandga kelganimda, ular kuchli darajada mast edi. Mashinamga mindirmoqchi bo‘lganimda ular kiyimlarini yechib, «bu svetafordan keyingi svetoforgacha yalang‘och holatda boramiz», deyishdi. Men ularni bu yo‘ldan qaytarishga harakat qildim, ammo ular gapimga quloq solishmadi. Ikkisiga kuchim yetmadi. Ular «keyingi svetoforni oldida olib ketasan», deyishdi.

Svetoforga kelganimda ikkalasi mashinamga minishdi. Shu vaqt boshqa haydovchilar kelib, bizni to‘xtatishdi», – degan guvohning so‘zlarini keltirmoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Huquqbuzarlar BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solinishi yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin. IIB holat yuzasidan sud qarori haqida qo‘shimcha xabar berilishini ma’lum qildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda shahar ko‘chasini yalang‘och kezgan yigitlarga qanday jazo beriladi? (video)