09:19 / 02.03.2020
4 622

Koronavirus chivin chaqishidan yuqadimi? JSST rasmiy bayonot berdi

Koronavirus chivin chaqishidan yuqadimi? JSST rasmiy bayonot berdi
Foto: New York Post
Butun dunyoda og‘ir epidemiologik vaziyatni yuzaga keltirgan COVID-19 koronavirusi chivin yoki pashsha chaqishi oqibatida yuqmaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakillari ham ushbu ma’lumotni rasman tasdiqlagan. Ular bergan ma’lumotga ko‘ra, respirator virus asosan havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi.

«Infeksiyaning chivin chaqishi oqibatida odamga yuqishi haqida berilgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q», — deyiladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy saytida.

«Yangi koronavirus — respirator virusi asosan havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi, bemorning yo‘talishi yoki aksirishi natijasida nafas yo‘llaridan suyuq shaklda chiqib, tomchi shaklida boshqa bir odamning nafas yo‘llariga kirib oladi. Shuningdek, so‘lak tomchilari yoki burun oqishi oqibatida ham odamga yuqishi mumkin.
2019-nCoV koronavirusining chivin chaqishi oqibatida yuqqani yuzasidan holatlar kuzatilmagan. Infeksiyadan saqlanish uchun yo‘talayotgan, isitmasi baland odamlardan uzoqroq yurish, shu bilan birga qo‘llarni tez-tez yuvish, respirator gigiyena hamda tozalikka rioya qilish lozim
», — deyiladi tashkilot bayonotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus chivin chaqishidan yuqadimi? JSST rasmiy bayonot berdi