12:30 / 02.03.2020
3 383

Giyohvandlik moddalarining oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan shaxs fosh bo‘ldi

Giyohvandlik moddalarining oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan shaxs fosh bo‘ldi
Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.K. xolislar ishtirokida tekshirilganida, ustki kiyimining chap cho‘ntagidagi sigareta va gugurt qutisiga, hamda hamyoni ichidagi kupyuraga marixuana giyohvandlik moddalari yashirilganligi fosh etildi.

Shundan so‘ng, mazkur giyohvand moddalari elektron tarozida o‘lchanganda ularning umumiy og‘irligi 10 grammga teng ekanligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Giyohvandlik moddalarining oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan shaxs fosh bo‘ldi