13:16 / 02.03.2020
2 839

Salkam 328 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasi fosh bo‘ldi

Salkam 328 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasi fosh bo‘ldi
Qonunbuzarlar tomonidan turli nayrang va qing‘irliklar bilan tovar-moddiy boyliklarni yurtimizga yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda katta miqdordagi zargarlik buyumlari hamda sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarni olib kirishga bo‘lgan urinishni o‘z vaqtida bartaraf qilishdi.

Tezkor tadbir davomida, xorijdan kirib kelgan poyezd “Keles” temir yo‘l chegara bojxona postida belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, poyezd yo‘lovchilaridan fuqarolar U.J. va R.A. umumiy qiymati 103,1 millon so‘mlik stomotologiya uskunalari, oziq ovqatlar hamda boshqa har xil turdagi tovar-moddiy boyliklarni bojxona nazoratidan yashirib, olib kelayotganligi aniqlandi.

Tadbir davomida, mazkur yo‘lovchi poyezd tezkor kuzatuvga olinib, Markaziy temir yo‘l vokzalida fuqarolar D.M., U.J. va M.X. bojxona nazoratidan yashirib olib o‘tilgan umumiy qiymati 224,6 million so‘mlik 26 xil turdagi 3939 dona “Stomotologiya uskunalari”, 1850 gramm og‘irlikdagi kumush taqinchoqlar hamda 40 dona “Skanbatik” nomli transport vositasi elektron qurilmalarini olib chiqishayotgan vaqtda tezkor hodimlar tomonidan to‘xtatib qolindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Salkam 328 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasi fosh bo‘ldi