21:27 / 02.03.2020
4 134

Chiroqchi IIBdagi fuqaroning urib o‘ldirilishi ishida yana 13 nafar xodimning qo‘li borligi aytilmoqda

Chiroqchi IIBdagi fuqaroning urib o‘ldirilishi ishida yana 13 nafar xodimning qo‘li borligi aytilmoqda
Shuhrat Abdurahmonov — IIB xodimlari tomonidan urib o‘ldirilgani aytilayotgan marhum Yusuf Abdurahmonovning akasi.
Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida mol o‘g‘riligida gumon qilingan 32 yoshli Yusuf Abdurahmonov 22 yanvar kuni IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgan edi. Hodisadan so‘ng Chiroqchi IIBning ikki nafar xodimi qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.

Marhum Yusuf Abdurahmonovning akasi Shuhrat Abdurahmonovning «Daryo» nashriga ma’lum qilishicha, uning ukasi bilan bir kunda IIB xodimlari tomonidan ayovsiz kaltaklangan ota-bola — Qurbon Ostonayev va Bahrom Avliyoqulov 1 mart kuni Chiroqchi prokuraturasiga chaqirilgan.

Ayovsiz kaltaklangan ota-bolaga tergovchilar tomonidan 60 ga yaqin IIB xodimining surati ko‘rsatilgan. «Ular ko‘rsatilgan rasmlardan 13 nafar xodimni tanigan. Viloyat prokuraturasidan Ilhom ismli tergovchi o‘sha 13 nafar IIB xodimi ham tergovga jalb qilinishini aytgan», — dedi marhumning akasi.

Eslatib o‘tamiz, Chiroqchi IIBdagi shov-shuvli voqeadan so‘ng Qashqadaryo viloyati IIB o‘rinbosari vijdoni qiynalib ishdan ketgan, qamoqqa olingan ikki nafar IIB xodimidan biri esa Chiroqchi tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-son IIB boshlig‘i ekani aytilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chiroqchi IIBdagi fuqaroning urib o‘ldirilishi ishida yana 13 nafar xodimning qo‘li borligi aytilmoqda