23:28 / 02.03.2020
4 314

Koronavirus: O‘zbekistonda har bir ta’lim muassasa rahbari ogohlantirildi

Koronavirus: O‘zbekistonda har bir ta’lim muassasa rahbari ogohlantirildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatdagi 9950 ga yaqin umumta’lim muassasasida tegishli sanitariya choralarni amalga oshirish orqali xodimlar va o‘quvchilarning salomatligini muhofaza qilish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi bilan qo‘shma qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalarida profilaktika choralari va nazoratini kuchaytirish, ushbu masalada ogohlikni oshirish, o‘qituvchi va o‘quvchilarni shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinishi belgilandi.

Shuningdek, maktabga kelmagan xodim va o‘quvchilarning ahvolidan xabar olish, o‘tkir respirator kasallik belgilari aniqlangan o‘quvchilarni zudlik bilan ota-onasi va hududiy oilaviy poliklinikaga xabar berish vazifalari aniq belgilab berildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu hujjatda dunyodagi epidemik vaziyat barqarorlashgunga qadar xalqaro va ommaviy tadbirlar hamda sport musobaqalarini zarurat bo‘lmasa o‘tkazmaslik, ayniqsa, chet el fuqarolari va xorij davlatlarida bo‘lib kelganlarning ta’lim muassasalariga ishga, ularning farzandlarini esa vaqtincha karantin davrida o‘rta maktabga qabul qilmaslik choralarini qat’iy ko‘rish bilan bog‘liq vazifalar ham aks etgan.

Shu bilan birga, SSV tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar, jumladan, ta’lim muassasalarida tozalik va dezinfeksiya tadbirlarini kuchaytirish, o‘quvchilarning qo‘llarini tez-tez sovun bilan yuvish, aksa urganda albatta tirsak bilan yopish va boshqa gigiyena qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish, har tanaffus vaqtida sinfxonalarni shamollatish, muassasalarda kundalik tozalov ishlarida dezinfeksiya vositalaridan doimiy foydalanish choralarini ko‘rish kabi profilaktik tadbirlarni qat’iy amalga oshirish ko‘rsatib o‘tildi

Umumta’lim muassasalarida sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va dezinfeksiya tadbirlarini bajarilishi bo‘yicha har bir ta’lim muassasaning rahbari shaxsan javobgar ekanligi to‘g‘risida ogohlantirildi”, - deyilgan xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus: O‘zbekistonda har bir ta’lim muassasa rahbari ogohlantirildi