09:20 / 03.03.2020
3 317

Talabalarga o‘qish uchun to‘lovni yiliga to‘rt marotaba amalga oshirish imkoni taqdim etildi

Talabalarga o‘qish uchun to‘lovni yiliga to‘rt marotaba amalga oshirish imkoni taqdim etildi
Prezident “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalari talabalariga o‘quv yili davomida
teng ulushlarda kamida to‘rt marotaba o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etilishini ta’minlaydi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetida tajriba tariqasida bosqichma-bosqich masofaviy o‘qitish shakli joriy etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2020 yil 1 avgustga qadar masofaviy o‘qitish shaklini amalga oshirish tartibini belgilash, dasturiy-apparat kompleksini yaratish, tegishli oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga masofaviy o‘qitish platformasini joriy etish va o‘rnatilgan tartibda zarur bo‘lgan uskunalar bilan jihozlashni ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2021 yil 1 yanvarga qadar tajriba natijalarini inobatga olgan holda oliy ta’lim tizimiga masofaviy o‘qitish shaklini joriy etish to‘g‘risidagi takliflarni o‘qitishning ushbu shaklini amalga kiritishning oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi grafigi bilan birgalikda kiritadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Talabalarga o‘qish uchun to‘lovni yiliga to‘rt marotaba amalga oshirish imkoni taqdim etildi