10:50 / 03.03.2020
5 613

Rasul Kusherbayev: «Kim bo‘lishidan qat’i nazar tuban inson ekanligini namoyon etibdi»

Rasul Kusherbayev: «Kim bo‘lishidan qat’i nazar tuban inson ekanligini namoyon etibdi»
Foto: Facebook / Rasul Kusherbayev
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovga tegishliligi aytilayotgan audioyozuv tarqaldi. Ta’kidlanishicha, voqea tuman hokimi va mahalla raislari ishtirokidagi yig‘ilishda bo‘lib o‘tgan. Audioyozuvda hokim yig‘ilish ishtirokchilarini pul tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlamagani uchun turli so‘zlar bilan haqoratlagani va so‘kkani, shuningdek, ba’zilarni urgani eshitiladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram’dagi kanali orqali mazkur voqeaga munosabat bildirdi.
- Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi kim bo‘lishidan qat’i nazar rahbarlikka nomunosib, uquvsiz, bilimsiz, tuban inson ekanligini namoyon etibdi.
Bu inson o‘zining bugungi O‘zbekiston kelajagini qurib bo‘lmaydigan va Prezident obro‘sini to‘kadigan kaltafahm, pastkash shaxs ekanligini namoyon qildi.

O‘rtoq ushbu «inson»ga aytar gapimiz: tinchgina o‘rinni bo‘shatib, hech kim eshitmaydigan dala-dashtda istagancha baqirib yuraverishi. Agar o‘simlik va dov-daraxtlar gapini eshitsa shunda ham. Xullas, bor-ye... Sizdaqalarga vatanni qolgan kuni qursin...
, - deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev.

Avvalroq Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabov «Daryo» muxbiri bilan bo‘lgan muloqotda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ovoz unga tegishli ekanligini tan olib, mazkur qilmishini mahalla raisining bepisand muomalasi bilan izohlagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rasul Kusherbayev: «Kim bo‘lishidan qat’i nazar tuban inson ekanligini namoyon etibdi»