O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 28 fevraldagi 13-son bayoni bilan, 2019/2020 o‘quv yilining birinchi yarim yili uchun to‘lov-shartnoma shartlarini bajarish muddati uzaytirildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, 2019/2020 o‘quv yilida:
- OTMlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (kunduzgi, sirtqi, kechki, maxsus sirtqi ta’lim shakllari)ga hamda magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan (shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan) abituriyentlar;
- o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar;
- xorijiy fuqarolar o‘qishi uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larining birinchi yarmini o‘tkazish va ularni talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2020 yil 20 mart (shu kuni ham kiradi) etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, keyingi o‘quv yilidan boshlab talabalarga o‘qish uchun to‘lovni kamida to‘rtga bo‘lib to‘lash imkoni beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?