09:48 / 04.03.2020
4 841

Namanganda 74 yoshli ayolni urib o‘ldirgan qotil 20 yilga «kesildi»

Namanganda 74 yoshli ayolni urib o‘ldirgan qotil 20 yilga «kesildi»
Skrinshot: «Zamon» informatsion dasturi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudida mast holda kafe orqasida yarim tunda 74 yoshli ayol Nadejda Kutyanani shafqatsizlarcha urib o‘ldirgan Sharif Otaboyevga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida xabar berilgan.

Sudlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u ayoldan dam olishi uchun qayerdan fohishalar topishi mumkinligi haqida so‘ragan, ayol unga qo‘pol javob qilib borib onang bilan dam ol deb aytgan. Oqibatda g‘azablangan yigit ayolga hujum qilgan va uni ko‘chada tosh, qo‘liga ilingan har qanday buyum bilan ayovsiz kaltaklab jabrdiydaning o‘limiga sababchi bo‘lgan.

Skrinshot: «Zamon» informatsion dasturi
Viloyat sudida Sharif Otaboyevning avval ya’ni, 2018 yilda talonchilik jinoyatini sodir etib sudlangani va unga nisbatan besh yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangani oydinlashdi.

Qotillikni sodir etgan fuqaroga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «Qasddan odam o‘ldirish» jinoyatni aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni bezorilik oqibatida o‘ta shafqatsizlik bilan o‘ldirish oqibatida sodir etilgani qayd qilinib 19 yil, avval besh yil muddatga belgilangan ozodlikni cheklash jazosining muddati tugamagani tufayli aybdorga uzil-kesil 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda 74 yoshli ayolni urib o‘ldirgan qotil 20 yilga «kesildi»