13:13 / 04.03.2020
3 565

Tuproqda kartoshka yetishtirish osonmi yoki qumda?

Tuproqda kartoshka yetishtirish osonmi yoki qumda?
Inson zotiga yaxshi yashash uchun nima kerak? Avvalo, sharoit! Ya’ni, gaz, elektr energiyasi, yo‘l va ichimlik suvidan muammo bo‘lmasa qolgan masalalar iziga tushib ketaveradi. Bu kabi dolzarb masalalarni ijobiy hal etish Ulug‘nor tumani aholisi uchun ham suv va havodek muhim! Boisi, ushbu hudud Andijon viloyatining eng chekka tumanlaridan biri bo‘lib, cho‘l ustida barpo bo‘lgan.

Tabiiyki, bunday holat aholi turmush darajasiga ta’sir etmay qolmaydi. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, tuproqda kartoshka yetishtirish osonmi yoki qumda? Yoz jaziramasida oyoqni kuydirguvchi qum qatiga ko‘chat ekib, bog‘ yaratgan, paxta ekib, hosil uygan, buning uchun ne bir mashaqqat bo‘lsa barchasida o‘z matonatini sinovdan o‘tkazgan ulug‘norliklar aslida mashaqqatdan qo‘rqmaydi. Shuning uchun ham cho‘l bag‘rida bo‘ston yaratishga astoydil bel bog‘laganlar.

Ulug‘norliklarning yaxshi yashashi uchun qilinayotgan mehnatlari zamirida aslida olib borilayotgan islohotlarning xalqchilligi yotibdi. Ayniqsa, aholi turmush darajasini yaxshilash borasidagi ishlar ibratli. Raqamlarni keltirib o‘tishzerikarli bo‘lsa-da, ularning ortida insonlarning zahmatli mehnati yashiringan. Binorbarin, xayrli ishlar tahliliga bir razm solish o‘rinlidir. Xullas, 2018-2019 yillar davomida tumanda “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 664 ta aholi uy-joyi qayta ta’mirlandi, 17,2 km. tuproq yo‘llarni joriy ta’mirlash (shag‘allashtirish), 3,8 km. toshli yo‘llarni kapital ta’mirlash (asfaltlash), 182 ta tayanch o‘rnatish, 6 ta transformatorni yangisiga almashtirish, 12,4 km. elektr uzatish tarmoqlarini qaytadan modernizatsiya qilish, 7,5 km. yangi elektr uzatish tarmog‘ini qurish, 15 km. mavjud tabiiy gaz tarmog‘ini ta’mirlash, 160 ta suyultirilgan maishiy gaz ballonini yetkazib berish, 11,1 km. ichimlik suv tarmog‘ini tortish, 6 ta ijtimoiy soha ob’ektini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi.

— Farg‘ona vodiysining zilol suvidan qonib, betakror chamanzorlaridan bahra olgan kishi uchun Ulug‘nordek hududda yashab, mehnat qilishning o‘zi bo‘lmaydi, — deydi mehnat faxriysi Abdullajon Ibrohimov. — Bu aslida yo‘qdan bor qilish, degani bo‘ladi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar kishini hayratga soladi.

Birgina Shahriston MFYdagi ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash ishlarida butun viloyat ahli ishtirok etdi. Xalq hashari bilan boshlangan ishlar xalq sayliga aylanib ketdi. Sababi, tashlandiq maskanlarga “jon kirib”, bog‘u bo‘stonga aylandi. Bu hali hammasi emas, kelgusi yillar davomida bu yerda yangi ish o‘rinlari yaratilib, dam olish maskanlari barpo etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar oqrali bir kunda yuzlab murojaatlarni kuzataman. Ular orasida, ayniqsa, respublikamiz poytaxti va unga yondosh hududlardagi muammolar aks etgan nomalarni o‘qib, Andijon viloyatida olib borilayotgan yaratuvchanlik ishlariga shukronalik bildirgim keladi. Jumladan, Ulug‘nor tumanida bo‘lgan kishi borki, cho‘ldan bo‘ston yaratish ilmidan saboq olmog‘i tayin.

Saminjon HUSANOV

Manba: Xalq so‘zi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tuproqda kartoshka yetishtirish osonmi yoki qumda?