14:25 / 04.03.2020
4 502

YPX inspektorini videoga olgan fuqaro 10 sutkaga qamaldi (video)

YPX inspektorini videoga olgan fuqaro 10 sutkaga qamaldi (video)
Joriy yilning 2 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Bu yerda kim haq?” sarlavhasi ostida video lavha tarqaldi.
Farg‘ona viloyati IIB YHXB YPX inspektori A.Obidov joriy yil 2 mart kuni 4R-112 "Farg‘ona xalqasi" avtomobil yo‘lining Oltiariq tumani, G‘ayrat QFY xududidan o‘tgan 248 kilometrida mobil komplekslar o‘rnatilgan “Neksiya-3” rusumli transport vositasida xizmat olib borgan.

Xizmati davomida haydovchi D.M. “Neksiya” rusumli transport vositasida harakatlanib kelib to‘xtagan. Avtomashinadan yo‘lovchi F.E. tushib kelgan va o‘zining shaxsiy uyali aloqa vositasiga videotasvirga olib, inspektorni yo‘l belgisi o‘rnatilmagan hududda xizmat olib borishda ayblagan va videoni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.

IIVning ma’lum qilishicha, holat o‘rganilganda, YPX inspektori 3.24-“Yuqori tezlik cheklangan” va 5.43-“Radar” yo‘l belgilari ta’sir doirasida xizmat olib borganligi ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng YPX inspektorining yo‘lovchi F.E. bilan qilgan muloqoti yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi va Oltiariq tumani “Poloson” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tgan sayyor sud majlisida fuqaro F.E ga nisbatan to‘plangan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish ko‘rib chiqildi.

YPX inspektori faoliyatini videotasvirga tushirib, yo‘l belgisini o‘rnatmasdan xizmat olib borganlikda noto‘g‘ri ayblagan va videolavhani ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan fuqaro F.E ga Qo‘shtepa tumani ma’muriy sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 195-moddasiga ko‘ra (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish)10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » YPX inspektorini videoga olgan fuqaro 10 sutkaga qamaldi (video)