Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Bojxona organlari tomonidan qalbaki valyuta boyliklarining yurtimizga kirib kelishiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan va yashil yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro M.A.ning bezovtalanishi bojxonachilar e’tiborini tortdi hamda ushbu shaxsning yuklari o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, bir qarashda ko‘rpadek ko‘ringan narsaning ichida g‘ayrioddiy jismlar borligi aniqlandi va sinchiklab tekshirish natijasida ushbu jismlar folgaga o‘ralgan hamda karton qog‘ozlar ichiga solingan 60.000 AQSH dollari ekanligi aniqlandi.
Eng qizig‘i shundaki, kupyuralarning seriya raqamlari bir xil bo‘lib, ularning barchasi qalbaki ekanligi fosh bo‘ldi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasiga binoan qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!