18:56 / 04.03.2020
3 822

Bugun ayol hokimlar kuni ekan — Namanganda ham ayol hokim saylandi

Bugun ayol hokimlar kuni ekan — Namanganda ham ayol hokim saylandi
Bugun, 4 mart kuni xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Namangan viloyati hokimi, senator Xayrullo Bozorov va O‘zbekiston Respublikasi prezidentning kadrlar bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rilib To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi G‘ulomjon Sobitxo‘jayevich Murodxo‘jayev o‘z lavozimidan ozod etilgan.

Ilgari Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Zulayho Bahriddinovna Mahkamova To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlandi.

Zulayho Mahkamova 1968 yilda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1989 yili Namangan davlat pedagogika instituti va keyinchalik Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi o‘qituvchi-pedagog.

- "Shunday qilib, O‘zbekistonda ayol hokimlar soni jami 5 nafarga yetdi. Tushunishimizcha, tendensiyalar shuni ko‘rsatyaptiki, tez orada har bir hududda bir nafardan ayol hokim tayinlanadi va ularning soni jami 14 nafarga yetkaziladi", - deb yozadi @xushnudbek kanali.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugun ayol hokimlar kuni ekan — Namanganda ham ayol hokim saylandi