11:27 / 05.03.2020
5 211

O‘zbekiston armiyasidagi eng katta va zamonaviy ko‘rinishdagi poligonlar 10taligi (foto)

O‘zbekiston armiyasidagi eng katta va zamonaviy ko‘rinishdagi poligonlar 10taligi (foto)
Foto: Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug jangovar tayyorgarlik boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston armiyasidagi eng katta va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan dala o‘quv maydonlari reytingni tuzildi. Bu haqda harbiy jurnalist, kapitan G‘ayrat Madrahimov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, hududi va zamon talablariga mosligi, aviatsiya hamda artilleriya qurollaridan o‘t ochish imkoniyatidan kelib chiqib, Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi “Kattaqo‘rg‘on” poligoni birinchilikda ekanligini e’tirof etish lozim.

Keyingi o‘rinda Jizzax viloyatidagi “Forish” tog‘ poligonidir. Bu yerda o‘tgan yilni o‘zida AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya Hindiston, Rossiya, Turkiya Pokiston hamda Xitoy qurolli kuchlari vakillari bilan 16 marotaba harbiy hamkorlik doirasida taktik va maxsus o‘quvlar, treninglar o‘tkazildi. 2019 yilda esa ilk bor O‘zbekiston mezbonlik qilgan “Armi-2019” xalqaro armiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

3-o‘rinda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli “Buxoro” umumqo‘shin dala o‘quv maydoni turadi. Ushbu poligon kuchishlatar bo‘linmalar bilan hamkorlikda o‘quv mashqlar o‘tkazilishi uchun juda qulay hisoblanadi. Bu yerda har yili an’anaviy tarzda mutaxassisliklar bo‘yicha musobaqalar tashkil etiladi. Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugining yagona “Nukus” poligoni 4-o‘rinni egalladi.

5-o‘rinda esa Sharqiy harbiy okrugdagi “Sho‘rsuz” va “G‘urumsaroy” dala o‘quv maydoni qulay joylashuvi hamda parashyutdan sakrash mashqlarini ko‘p o‘tkazilishi bilan ajratilib turadi. “G‘urumsaroy” poligonida 2019 yilda dunyo standartlariga to‘la-to‘kis javob beradigan 20,7 milliard so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Muborak” va “Nuriston”dala o‘quv maydonlari 6- va 7-o‘rinlarni band etdi. "Termiz" poligoni esa 8-o‘ringa munosib deb topildi.

Toshkent harbiy okrugidagi "Chirchiq" poligoni harbiy paradlar o‘tkazilishi bilan alohida ajralib turadi. Shu bilan birga, 3 ta oliy harbiy bilim yurti kursantlari, Mudofaa vazirligi markaziy apparati, Chirchiq garnizoni harbiy xizmatchilari hamda Kuch tuzilmalarning bo‘linmalarini harbiy amaliy tayyorgarlik bilan shug‘ullanishi uchun xizmat qilmoqda.

Qurolli Kuchlar bo‘yicha eng ixcham hamda harbiy amaliy mashg‘ulotlar olib borishda o‘quv joylarini keng qamrovligi jihatidan Samarqand garnizonidagi “Sazagan” poligoni ushbu reyting o‘ntaligidan joy oladi. Mazkur dala o‘quv maydonini rasman ochilish marosimi joriy yilning 14 mart kuniga rejalashtirilgan.

Kattaqo‘rg‘on poligoni (1-o‘rin)

"Forish" poligonini tungi ko‘rinishi (2-o‘rin)

"Buxoro" poligonida AK-74 avtomatidan o‘q otish mashqi (3-o‘rin)

"Nukus" poligoni (4-o‘rin)

"Sho‘rsuv" dala o‘quv maydoni (5-o‘rin)

"Muborak" poligonidagi harbiy texnikalar kallonasi (6-o‘rin)

"Nuriston" dala o‘quv maydoni (7-o‘rin)

"Termiz" dala o‘quv maydoni (8-o‘rin)

"Chirchiq" poligonidagi harbiy parad (9-o‘rin)




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston armiyasidagi eng katta va zamonaviy ko‘rinishdagi poligonlar 10taligi (foto)