17:40 / 05.03.2020
3 766

Oliy o‘quv yurti prorektori tomonidan sodir etilgan jinoyat fosh etildi

Oliy o‘quv yurti prorektori tomonidan sodir etilgan jinoyat fosh etildi
Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan Farg‘ona Davlat Universitetida kirish imtihonlari natijalari soxtalashtirilganligi holati yuzasidan JKning 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Tergovda aniqlanishicha, Farg‘ona Davlat Universiteti prorektori A.A. 2019-2020 o‘quv yili uchun “Jismoniy madaniyat” imtihon komissiyasining mas’ul kotibi etib tayinlanib, 2019 yil iyul oyida o‘tkazilgan “Jismoniy madaniyat” fakultetiga kirish imtihonlari jarayonida komissiyaning boshqa a’zolari bilan jami 18 nafar abituriyentlarning imtihon natijalarini sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatib, soxtalashtirishlari natijasida ushbu abituriyentlar oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan.

04.03.2020 yilda shahar prokuraturasi tomonidan Universitet prorektoriga nisbatan JKning 205-moddasi 1-qismi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilindi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy o‘quv yurti prorektori tomonidan sodir etilgan jinoyat fosh etildi