22:00 / 05.03.2020
4 441

66 ta quyon ovlab kelayotgan ovchilar ushlandi

66 ta quyon ovlab kelayotgan ovchilar ushlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi Axborot xizmatining xabar berishicha, ov mavsumi tugaganiga qaramay, joriy yilning 25 fevral kuni Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘yicha davlat inspektorlari M.Risnazarov, Sh.Vapayev, O.Ismaylov, X.Soatov, K.Allambergenovlar tomonidan reyd o‘tkazilganida To‘rtko‘l tumanida Xorazm viloyati Bog‘ot tumani fuqarolari B.Q. va A.I.lar 66 ta quyon ovlab kelayotgan paytida ushlangan.

Noqonuniy quyon ovchilari hayvonat dunyosiga jami 44 154 000 sum zarar keltirishgan.
Ovlangan 66 ta quyon Nukus shahrida joylashgan hayvonat bog‘iga topshirildi.

Mazkur holat bo‘yicha barcha hujjatlar rasmiylashtirilib tergov, surishtiruv ishlari olib borish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga o‘tkazildi.
Brakonerlar qaytib qo‘liga miltiq olmas darajasida jazoga tortilar degan umiddamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 66 ta quyon ovlab kelayotgan ovchilar ushlandi