10:40 / 06.03.2020
3 199

Markaziy bank va Andijon viloyati hokimligi o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatga izoh berildi

Markaziy bank va Andijon viloyati hokimligi o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatga izoh berildi
5 mart, payshanba kuni, Markaziy bankning navbatdagi boshqaruv yig‘ilishi yakunlari va asosiy stavka bo‘yicha qabul qilingan qaror yuzasidan OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Markaziy bank boshqaruvi raisi jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob qaytardi.

«Daryo» muxbiri Mirolim Isajonov Mamarizo Nurmurotovdan bir necha yil avval Markaziy bank va Andijon viloyati hokimligi o‘rtasida kredit masalasida ziddiyat kelib chiqqani haqidagi mish-mishlarga izoh berishini so‘radi.

«Imtiyozli kredit bor joyda albatta, ma’lum bir nuqtai nazardan korrupsiya illatlari ham bo‘ladi. Andijon viloyatidagi holat bo‘yicha shuni aytishim mumkinki, viloyatga qora mol sotib olish uchun yirik miqdorda kreditlar ajratilgan. Markaziy bank tahlillari viloyatga belgilangan miqdorda qora mol kirib kelmaganligini ko‘rsatdi. Biz berilgan kreditlar ichki bozorda qora mollarni aylantirishga emas, balki chet eldan naslli qora mol olib kelishga yo‘naltirilishini talab qilganmiz va buning uddasidan chiqdik», — dedi Markaziy bank raisi.

Nurmurotov «ajratilayotgan kreditlarni maqsadsiz ishlatayotgan hududlar ichida qaysi viloyatlar peshqadamlik qilayotgani» haqidagi savolga shunday javob berdi:
«Yuqorida ta’kidlaganimdek, imtiyozli kredit bor joyda maqsadsiz ishlatishga moyillik juda kuchli bo‘ladi. Ya’ni o‘sha kreditni hech qanday bir davrsiz, biror shaxsga berilgan kreditlarni o‘zining ma’lum bir ijtimoiy maqsadlarini, turmushi bilan bog‘liq xarajatlarini yengillashtirishga sarflashga bo‘lgan moyilligi kuchayadi.

Bu holat bo‘yicha bizda doimiy monitoring mavjud, muntazam ravishda kuzatib boramiz. U viloyatda ko‘p, bu viloyatda kam, deyishimiz noo‘rin. Hamma joyda bor bu narsa. Lekin eng asosiysi, biz shuni vaqtida nazorat qilib, maqsadsiz ishlatilgan kreditlar bo‘yicha tegishli choralarni ko‘ryapmiz va muddatidan oldin qaytishiga erishmoqdamiz
».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy bank va Andijon viloyati hokimligi o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatga izoh berildi