14:23 / 06.03.2020
3 724

Olimlar: mobil telefon koronavirus infeksiyasining o‘chog‘i bo‘lishi mumkin

Olimlar: mobil telefon koronavirus infeksiyasining o‘chog‘i bo‘lishi mumkin
Foto: AP
Britaniyalik olimlarning bayonot berishicha, qo‘limizdan deyarli tushmaydigan mobil telefon koronavirus infeksiyasining «o‘chog‘i» ro‘yxatida birinchi bo‘lishi mumkin.

«Qo‘llaringizni ko‘p marta yuvishingiz mumkin. Ammo shundan so‘ng mobil telefon ekranini ushlasangiz, keyin ko‘zingiz, burningiz yoki og‘zingizga tegsangiz, infeksiyani yuqtirib olish xavfi ko‘payadi», - dedi Sauthempton universiteti professori Uilyam Kivil.

Atrofimizdagi xasta odamlar yo‘talsa yoki aksa ursa, xoh COVID-2019, gripp yoki oddiy shamollash bo‘lsin, virus zarralariga ega bo‘lgan so‘lak tomchilari turli jismlarning yuzasiga o‘tiradi, deb ogohlantirmoqda shifokorlar. Eshik tutqichi, zina panjarasi yoki lift tugmasiga tekkanimizdan so‘ng, ko‘pchiligimiz o‘ylab o‘tirmasdan mobil telefonni ushlaymiz. Natijada virus unga «ko‘chib o‘tadi». So‘ngra qo‘llarimizni yuvsak-da, baribir yana telefonni ushlaymiz.

Koronavirusning mobil telefon yuzasida qancha vaqt yashashi haqidagi masala chuqur o‘rganilmagan. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlarining ta’kidlashicha, bu bo‘yicha ilmiy izlanishlar o‘tkazilmagan. Agar qayerdadir bu haqdagi raqamlarga ko‘zingiz tushsa, ularga so‘zsiz ishonmaslik kerak.

Ammo bir narsani qilish foydadan xoli bo‘lmaydi. Jamoat joylariga borganingizdan keyin smartfoningizni yaxshilab arting, deb tavsiya qilmoqda infeksionistlar. Agar tarkibida spirt bo‘lgan salfetka va gel ishlatsangiz yanada ishonchliroq bo‘ladi. Xlorgeksidin antiseptikdan foydalanish unchalik samarali emas. Chunki u bakteriyalarga qarshi qo‘llanadi, koronavirusga nisbatan samarali ekani tasdiqlanmagan.

Juda bo‘lmasa, har qanday nam salfetkalardan foydalaning, bunda mobil telefon yuzasidagi zararli zarralarni mexanik yo‘l bilan artib tashlaysiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar: mobil telefon koronavirus infeksiyasining o‘chog‘i bo‘lishi mumkin