15:57 / 06.03.2020
4 249

DNK ekspertizasini o‘tkazish narxlarini bilasizmi?

DNK ekspertizasini o‘tkazish narxlarini bilasizmi?
Biroz avval sud-ekspertiza mutasaddilarining matbuot anjumanidan endilikda nodavlat sud-ekspertiza markazlari tashkil etilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Tadbirda ishtirok etgan X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi laboratoriya mudirasi Dilobar Ahmedova ekspertiza narxlari va muddati haqida ham ma’lumot berib o‘tdi:

Tergov organlari tomonidan tayinlangan ekspertizalar bepul amalga oshirladi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha tayinlangan va arizalar asosida o‘tkazilgan ekspertizalar to‘lov asosida o‘tkaziladi.

Hozirgi kunda oddiy DNK ekspertizasining (1 dan 5 nafargacha bo‘lgan shaxs namunalari tadqiqotlarini o‘tkazishda) narxi 2 083 707 so‘m, o‘rtacha turdagi tadqiqotlar (6 dan 9 nafargacha shaxs namunalari tadqiqotlarini o‘tkazishda) 4 021 189 so‘m va murakkab tadqiqotlar 6 mln. so‘mdan yuqori. Tadqiqotlar narxi taqdim qilinayotgan ob’ektlar soniga va turiga qarab belgilanadi. Ekspertizani taqdim qilish muddatlari esa ularning murakkabligiga qarab 30 kungacha bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari kam xarajat talab qiladigan tadqiqot ob’ektlari bor.

- Bular qon va so‘lak namunalari hisoblanadi. Bunday tadqiqotlarning oddiy turiga;
- Soch yoki qo‘l terisi bilan birga olingan tirnoqlar bo‘yicha qilinadigan tadqiqotlar o‘rtacha turiga to‘g‘ri keladi;
- Murakkabi esa suyak namunasini eksgumatsiya qilish – bu asosan tergov jarayonlarida qo‘llaniladi va deyarli buyurtma asosida o‘tkazilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DNK ekspertizasini o‘tkazish narxlarini bilasizmi?