11:45 / 07.03.2020
4 492

Raddiya: Fuqaro N.Abdullayevaning ijtimoiy tarmoqdagi yo‘llagan murojaati bo‘yicha

Raddiya: Fuqaro N.Abdullayevaning ijtimoiy tarmoqdagi yo‘llagan murojaati bo‘yicha
Fuqaro N.Abdullayeva Telegramdagi @quvasoyliklar kanalida adolat so‘rab Prezidentimizga yo‘llagan murojaatida, go‘yoki o‘ziga tegishli bo‘lgan tillo taqinchoqlarni bojxona xodimlari noqonuniy tarzda olib qo‘yishganligi, Quva tuman ma’muriy sudi ishni atroflicha ko‘rmasdan va uni eshitmasdan qaror qabul qilganligini bayon qilgan.

Vaholonki mazkur ish bo‘yicha huquqbuzar sifatida o‘tgan N.Abdullayeva 2019 yilning 23 oktabr kuni soat 19:00 larda Qirg‘iziston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga chegara bojxona posti orqali shampun idishiga yashirilgan 63,22 gramm bo‘lgan 6 dona uzuk va 14 juft sirg‘alar borligi aniqlangan va bojxona xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 22721 – moddasi bilan tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Ushbu ma’muriy ish Quvasoy shahar ma’muriy sudida ko‘rib chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 271-moddasi 1-qismi bilan (ma’muriy huquqbuzarlik hodisasi yoki alomati yo‘q bo‘lsa) ish yuritishdan tugatilib, tillo taqinchoqlar, Quvasoy shahar majburiy ijro byurosi hodimlari tomonidan N.Abdullayevaga qaytarilgan.

Quvasoy shahar prokuraturasining 6 yanvar 2020 yil kungi kassatsiya tartibida keltirgan shikoyati asosida ushbu ish Farg‘ona viloyat ma’muriy sudida ko‘rib chiqilgan va Quvasoy shahar ma’muriy sudining 21 noyabr 2019 yil kungi qarori bekor qilingan hamda ushbu ish yangitdan ko‘rish uchun Quva tuman ma’muriy sudiga yuborilgan.

Shu o‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.02.2018 yil kungi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojhona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tilishini yanada tartibga solish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3512-sonli qarorida “Qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlarini bojxona orqali piyoda olib o‘tilayotgan narsaning umumiy qiymati 300 AQSH dollaridan oshmasligi belgilangan”.

N.Abdullayeva shampun idishga solib bojxona nazoratidan yashirib olib o‘tayotgan tilla taqinchoqlarning umumiy qiymati 10 621 000 so‘mni tashkil qilgan. Sudda, aniqlanishicha N.Abdullayeva surishtiruv davomida haqiqatdan ham 63,22 gramm tillo taqinchoqlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga sotish uchun olib kirganligi haqida bayon qilib, pushaymonligini bildirgan.

Bundan tashqari Bojxona xodimlarining bir necha marotaba yashirilgan buyumlarni taqdim qilish haqidagi taklifi bo‘yicha “hech qanday buyum” lar mavjud emasligini bir necha marotaba takrorlagan. Shundan so‘ng N.Abdullayevani shaxsiy ko‘rikda o‘tkazish uchun bojxonaning ayol xodimasi D.Oxtayevani jalb qilgan, shundan so‘ng N.Abdullayeva o‘z ixtiyori bilan xalatining yengida bo‘lgan shampun idish ichida bo‘lgan tillo taqinchoqlarni taqdim qilib, pushaymonligini bildirgan.

Sudda N.Abdullayevaning huquqbuzarligi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni bojxona nazoratidan yashirish, ya’ni xufyadonlardan yoki tovarlarni topishni qiyinlashtiradigan boshqa usullardan foydalanish yoxud bir tovarni boshqa tovarga o‘xshash qilib qo‘yish moddasi bilan ko‘rib chiqilgan.
Ushbu huquqbuzarlik uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtKda bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima belgilangan.

Quva tuman ma’muriy sudi, N.Abdullayevaning qaramog‘ida 4 nafar farzandi borligini va oilaviy sharoitini inobatga olib jazo sanksiyasida belgilangan eng kam jazodan ham kamrog‘ini (669 000 so‘m) tayinlab, 10 621 000 so‘mlik tillo taqinchoqlarni davlat foydasiga undirishni lozim topgan.

Quva tuman ma’muriy sudi tomonidan ushbu qaror Zamin.uz saytiga ma’lumot uchun yuborilgan va saytda e’lon qilingan.
Quva tuman ma’muriy sudi tomonidan N.Abdullayevaga qaror nusxasi o‘z vaqtida taqdim qilingan, qabul qilingan qaror mazmuni, yuqori turuvchi sudga shikoyat qilish huquqlari batafsil tushuntirilgan.

Quva tuman
ma’muriy sudi raisi
A.Jumayev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Raddiya: Fuqaro N.Abdullayevaning ijtimoiy tarmoqdagi yo‘llagan murojaati bo‘yicha