12:12 / 07.03.2020
3 198

Xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatildi

Xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatildi
8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasida tadbir tashkil etildi. Unga boshqarma va shahar bo‘limida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar taklif etildi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i, adliya katta maslahatchisi Dilmurod Umaraliyev Majburiy ijro byurosi direktorining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Unda ta’kidlandiki, mamlakatimizda ham xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Ayniqsa, turli sohalarda mehnat qilayotagn aziz ayollarimizning o‘rni alohida ekanligi, yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissalari alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xotin-qizlar faoliyat ko‘rsatishining o‘zi qahramonlik va e’tirofga sazovorligi alohida ta’kidlandi.

Birgina, bugungi kunda Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlarda to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, ijro ishi yuritish, arxiv yo‘nalishlarida ham fidoyi xotin-qizlar mehnat qilayotgani, ularning o‘rni tobora ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etildi.

- Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limida davlat ijrochisi lavozimida faoliyat olib boraman, - deydi Xurshida Turdialiyeva. - Sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida olib borayotgan tadbirlarimiz natijasida ijobiy natijalarga erishyapmiz. Aynan boshqarma tomonidan tashkil etilgan bayram tadbiri, sohada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga ko‘rsatilgan ehtirom yanada yangi marralar sari undaydi, albatta.

Shunday mazmundagi tadbirlar Byuroning tuman bo‘limlarida ham tashkil etildi. Unda bo‘limlarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga boshqarmaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatildi