13:15 / 07.03.2020
4 650

O‘zbekistonda shajarani aniqlaydigan ekspertiza turi joriy etiladi

O‘zbekistonda shajarani aniqlaydigan ekspertiza turi joriy etiladi
Foto: Yandeks
O‘zbekistonda Y-xromosoma orqali insonlarning genetik kelib chiqishini, shajarani aniqlovchi yangi ekspertiza turi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Respublika sud ekspertiza markazining laboratoriya mudiri Dilobar Ahmedova 5 mart kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

O‘zbekiston prezidentining 4125-sonli qaroriga asosan markazimizda pulli xizmatlar soni ko‘paytirilmoqda. Jumladan, Y-xromosoma orqali genetik kelib chiqish tadqiqotlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilyapti. Bu borada laboratoriyamizda nafaqat pulli xizmatlar ko‘rsatamiz, balki ekspertiza jarayonida ham Y-xromosomalar orqali ko‘p jinoyatlarni ochishda yordam beramiz.

Y-xromosoma bu odatda erkak jinsidagi shaxslarda ota avloddan nasldan naslga o‘tadigan genetik belgi hisoblanadi va u ota avlod bo‘yicha o‘tib boradi. Umuman, DNK shunday moddaki, u nafaqat odamning shaxsini, qarindoshligini, balki uning kelib chiqishini, hayoti davomida mavjud bo‘lgan kasalligi haqida ma’lumotlar olish imkoniyatini beruvchi modda hisoblanadi. Shu tadqiqotlar yo‘li orqali bizga murojaat qilgan fuqarolarning ota avlod bo‘yicha kelib chiqishi kimlarga borib taqalishini aniqlashimiz mumkin
”, - deydi Dilobar Ahmedova.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, bunday ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish uchun buyurtmachisi hamda solishtirma namuna zarur bo‘ladi.

Bunday ekspertiza bilan ko‘p fuqarolar qiziqishgan. Hatto markazimizga biz amir Olimxonning O‘zbekistonda qolgan avlodlari hisoblanamiz, shuni ekspertiza yo‘li bilan tasdiqlab bera olasizlarmi, deb murojaat qilib ham kelishgan. Buni aniqlash uchun hozirgi kunda hayot bo‘lgan va amir Olimxonning avlodi ekani aniq bo‘lgan qarindoshlaridan namuna olishimiz va buyurtmachining namunalari bilan solishtirishimiz kerak bo‘ladi”, - deydi markazning Odam DNK sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi mudiri.

Matbuot anjumanida joriy etilishi rejalashtirilayotgan ekspertiza orqali odamlarning etnogenetik kelib chiqishini, ya’ni etnogenez bo‘yicha turk, arab, tojik yoki boshqa etnik guruhga mansubligini ham aniqlash mumkin bo‘lishi bildirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda shajarani aniqlaydigan ekspertiza turi joriy etiladi