14:14 / 07.03.2020
7 166

Koreyadan kelgan o‘zbekistonlik talabada yuqori tana harorati aniqlandi

Koreyadan kelgan o‘zbekistonlik talabada yuqori tana harorati aniqlandi
Foto: «Yandex»
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan olingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yil 7 mart soat 09:00 holatiga dunyoning 101 ta davlatida jami 102 180 nafar bemorlarda «COVID-19» koronavirus infeksiyasi aniqlangan, ulardan 57 389 nafari sog‘aygan, 3491 nafari vafot etgan. Xitoy Xalq Respublikasidan tashqari «COVID-19» koronavirus infeksiyasi dunyoning 100 davlatida 21 529 ta holatda qayd etilgan. Kasallikning (bir sutkada) o‘sishi: Xitoyda 141 nafar (0,19%), boshqa davlatlarda 5 058 nafar (23,4%).

O‘zbekiston Respublikasida 2020 yil 7 mart soat 09:00 holatiga «COVID-19» koronavirus infeksiyasi qayd etilmadi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.

Joriy yilning 15 yanvaridan 6 martigacha bo‘lgan davrda Xitoy Xalq Respublikasi va 29 fevral kunidan epidemik vaziyat noxush bo‘lgan davlatlardan O‘zbekistonga kelgan fuqarolar jami – 6 311 nafar (1132 nafari Xitoy va Koreya fuqarolari), ularning 1 410 nafarining salomatligi ustidan tibbiy kuzatuv davom etmoqda.

Sanitariya karantin punktlaridan 6 mart kuni Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijiy davlatlardan 25 ta reysda 4 113 nafar, temir yo‘llar orqali 5 ta poyezdda jami 609 nafar shaxslar, davlat chegara bojxona postlari orqali 1 882 ta avtotransportlarning egalari va 37 730 nafar yo‘lovchi shaxslar termometriyadan o‘tkazilgan. Ulardan oxirgi 15 kun ichida koronavirus tarqalgan davlatlarda bo‘lgan shaxslar 303 nafar, ular orasida 1 nafar Koreyadan kelgan o‘zbekistonlik talabada tana harorati me’yordan yuqori bo‘lgan yo‘lovchi aniqlangan. Bemor Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan, laboratoriya usulida tekshirilganda unda koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi.

Shu bilan birgalikda Jidda shahridan HY3612 reysi bilan ertalab soat 6:30 da 244 nafar Umra ziyoratchilari Toshkentga uchib kelishdi, ular 2 marotaba termometriya va infeksionist ko‘rigidan o‘tkazildi, ro‘yxati tuzilib ma’muriy hududlarga tibbiy ko‘rikni davom ettirish uchun yuborildi va nazoratga olindi.

Mamlakatimiz aholisi orasida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya qoidalar talablari asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlarda mutasaddi vazirliklar, idoralar va keng jamoatchilik faol ishtirok etmoqda.

Agarda sizda COVID-19 koronavirus infeksiyasi va u bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan qo‘shimcha savol to‘g‘ilsa, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 71 276-49-66 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koreyadan kelgan o‘zbekistonlik talabada yuqori tana harorati aniqlandi