21:56 / 07.03.2020
3 333

Qamoqxonalarning yotoqxonalari kubrik tipidagi xonalarga o‘tkaziladi

Qamoqxonalarning yotoqxonalari kubrik tipidagi xonalarga o‘tkaziladi
Avval xabar qilganimizdek, “Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazolarni ijro etish muassasalarining faoliyati samaradorligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, jazoni ijro etish muassasalariga quyidagilar kiradi:
- jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan, davolash huquqi asosidagi;
- tarbiya koloniyalari;
- turmalar;
- mahkumlar uchun ixtisoslashtirilgan kasalxonalar.

Ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalaridan 50 metr masofada ma’muriy, maishiy, xo‘jalik bino va inshootlari qurilishi uchun yer uchastkalari ajratilishiga, ular ijaraga berilishiga, shuningdek, balandligi 6 metrdan yuqori bo‘lgan bino va inshootlar qurilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, qaror bilan 2020–2024 yillarda jazoni ijro etish koloniyalarining yashash yotoqxonalarini kubrik tipidagi xonalarga o‘tkazgan holda ularni bosqichma-bosqich qurish va rekonstruksiya qilish dasturi tasdiqlandi.

Mazkur dasturga ko‘ra, belgilangan yillarda 14 ta jazoni ijro etish koloniyasining jami 60 ta yashash yotoqxonalari kubrik tipidagi xonalarga o‘zgartirish yo‘li bilan rekonstruksiya qilinadi. 3 ta yangi bino quriladi.

Eslatib o‘tamiz, shuningdek, 2020 yilda 18 ta jazoni ijro etish koloniyalarida 1 833 dona videokuzatuv moslamasi va 36 komplekt shaxsiy video registratorlar o‘rnatiladi va Probatsiya xizmati amaliyotiga 3 ming dona elektron braslet tatbiq etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamoqxonalarning yotoqxonalari kubrik tipidagi xonalarga o‘tkaziladi