10:15 / 09.03.2020
3 373

Aktyor Bobur Yo‘ldoshev: Bolalarni kino emas, ota-onasi tarbiyalashi kerak

Aktyor Bobur Yo‘ldoshev: Bolalarni kino emas, ota-onasi tarbiyalashi kerak
Foto: Instagram / @boburyuldash
Rejissyor olayotgan kartinasi qanday tarbiya berishi haqida emas, balki kino yaxshi chiqishi haqida o‘ylashi kerak. Bu haqda aktyor Bobur Yo‘ldoshev aytib o‘tdi. Uning fikrlari Telegram’dagi @platformauzb kanalida e’lon qilingan.

Aktyorning alohida ta’kidlashicha, u farzandlarining tarbiyasini «rejissyorlarga tashlab qo‘ymaydi», u o‘z farzandlarini o‘zi tarbiyalaydi. Bobur Yo‘ldoshevning fikricha, jahon tan olgan rejissyorlar ham o‘z filmlarini olish vaqtida «bu film bolalarga qanday tarbiya berarkin», deb o‘ylab o‘tirmaydi.

Kino olayotgan har bir san’atkor: «Bu film bolalarga qanday tarbiyaviy ma’no beradi?», deb o‘ylashi kerak emas, menimcha. San’atkor kino yaratishi kerak, bolalarni esa ota-onasi tarbiyalashi kerak. Misol uchun, men o‘z farzandlarimni o‘zim tarbiyalayman, ularning tarbiyasini rejissyorlarga tashlab qo‘ymayman. Kino olayotgan odam, avvalambor, kino yaxshi chiqishini o‘ylashi kerak, deb o‘ylayman.

Ko‘rayotgan zamonaviy kinolarimizni, dunyoda «Oskar» olgan filmlarning har birini qarang — ayting-chi, mana shu kinolar qanaqa tarbiyaviy ma’no, tarbiyaviy narsa olib kiryapti? Ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Bu kinolarni bizning televideniyeda qo‘yishmaydi, «chunki bolalarimiz yomon bo‘lib ketadi», lekin butun dunyo ko‘ryapti. Va, menimcha, Skorseze ham, «Oskar»da g‘olib chiqqan koreyalik rejissyor ham film olayotganida hech qanaqa tarbiyaviy ma’nolarni o‘ylamagan. Biznikilar esa, nimagadir...

Oxirgi marta ko‘rgan narsam — Ayub Shahobiddinovning «Kechikkan hayot» filmini tanqid qilishayotgan edi. O‘sha ko‘rsatuvda bir ayol: «Nega bu filmda Dilnoza Kubayeva sigaret chekyapti?», deb savol beryapti. Chunki bu badiiy yechim, busiz bo‘lmaydi. «Bu holat bolalarga qanday tarbiya beradi?», deydi.

Yaxshi kino didni tarbiyalaydi. Menimcha, bolalarni ota-onasi tarbiyalashi kerak, kino emas
, - deydi Bobur Yo‘ldoshev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aktyor Bobur Yo‘ldoshev: Bolalarni kino emas, ota-onasi tarbiyalashi kerak