11:05 / 09.03.2020
3 056

Kompyuter va smartfonlar miyani «axlatxona»ga aylantirish sababi ma’lum bo‘ldi

Kompyuter va smartfonlar miyani «axlatxona»ga aylantirish sababi ma’lum bo‘ldi
Foto: «Russkievesti.ru»
Kompyuter va smartfonlardan haddan tashqari ko‘p foydalanish miyani holdan toydirib, demensiya va depressiya rivojlanishiga sabab bo‘ladi, deya xabar berdi «RIA Novosti»ga tayanib "Xabar" nashri.
«Okumura» xotira klinikasi direktori, neyroxirurg Ayumi Okumuraning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi paytlarda xotirasi pasaygan odamlar soni ko‘paygan.

Achinarlisi, bunday tashxis faqat keksalarga qo‘yilmayapti. 30 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan insonlar xavf ostida. Aynan ular kompyuter va smartfonlardan ko‘p foydalanishadi, miyasini turli ma’lumotlarga to‘ldirib tashlaydi.
«Kiritilayotgan axborotlar soni ko‘payib ketganda miya ularni qayta ishlashga ulgurmaydi va axlatxonaga aylanadi», — deb izohlaydi Okumura.

Buning oldini olish uchun shifokorlar miyani albatta dam oldirishni, turli matoxlardan foydalanish vaqtini cheklashni, shuningdek, to‘yib uxlashni maslahat beradi. Kunduzgi tushlik paytida 15 daqiqa mizg‘ib olish ham foydali.

Bundan tashqari, mutaxassislar ovqatlanayotgan vaqtda gadjetlarni ishlatmaslikni tavsiya etishadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zamonaviy gadjetlardan foydalanish mushaklar gipotrofiyasi, uzoqni yaxshi ko‘rolmaslik, quruq ko‘z muammolarini keltirib chiqaradi. Biroq mobil telefon va planshetlar onkologik kasalliklarga sabab bo‘lishi isbotlanmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kompyuter va smartfonlar miyani «axlatxona»ga aylantirish sababi ma’lum bo‘ldi