17:32 / 09.03.2020
3 309

Sovun sexidagi qing‘irlik

Sovun sexidagi qing‘irlik
Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan iste’molchilarni energiya resurslaridan to‘lov intizomiga amal qilishi, tarmoqlardan qonuniy foydalanishni o‘rganish maqsadida muntazam ravishda targ‘ibot hamda kunlik nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Olib borilayotgan tadbirlar davomida ayrim iste’molchilarning noqonuniy harakatlari fosh etilmoqda.

Jumladan, Byuroning viloyat boshqarmasi va ta’minotchi korxona xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda qing‘ir yo‘llar orqali tabiiy gazdan foydalanayotgan ulgurji iste’molchini aniqladilar.

Fuqaro G‘.Xojiyevga qarashli Namangan shahar Orzu mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan sovun sexi ko‘rilganda iste’molchi sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan holda, tabiiy gazdan shartnomasiz, loyihasiz foydalangan.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish davomida sexdagi 1 dona bug‘ qozoni, 4 ta uskuna va 2 dona katta qozon aynan tabiiy gaz tarmog‘iga ulangan va hisob-kitoblarga ko‘ra ta’minotchi korxona manfaatlariga 43.879,9 ming so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sovun sexidagi qing‘irlik